Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrainaning Kurskka hujumida qancha aholi halok bo‘lgani ochiqlandi

Ukrainaning Kurskka hujumida qancha aholi halok bo‘lgani ochiqlandi

Rossiya Ukraina qurolli kuchlarining Kursk viloyatidagi hujumi chog‘ida 56 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lganini ma’lum qildi. Ukraina esa xalqaro qonunlarga rioya qilayotganini aytgan. 

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Ukrainaning Kursk viloyatidagi hujumi oqibatida kamida 56 tinch aholi halok bo‘lgan va 266 kishi yaralanganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters.

Bu ma’lumotlar 20 sentyabrgacha bo‘lgan davrga to‘g‘ri keladi va 5 sentyabr holatiga ko‘ra, Rossiya tashqi ishlar vazirligi Kursk viloyatida 31 nafar tinch aholi halok bo‘lganini e’lon qilgandi.

Rossiya TIV ma’lumotlariga ko‘ra, 131 ming aholi jangovar harakatlar olib borilayotgan hududlarni tark etgan. Moskva, shuningdek, Ukrainani bir qator tinch aholi, jumladan, Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan bosib olingan Sudja shahrining taxminan 70-120 nafar aholisini evakuatsiya qilishga to‘sqinlik qilganlikda aybladi.

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Georgiy Tixiy bu bayonotlarga izoh berish so‘roviga javoban Reuters agentligiga Ukraina qurolli kuchlari xalqaro gumanitar qonunlarga amal qilishini va tinch aholiga zarba bermasligini aytdi.

«Rossiya doimiy ravishda yolg‘on raqamlar va targ‘ibotlarni taqdim etar ekan, bu da’volarni tekshirishning iloji yo‘q», dedi Tixi. «Agar Rossiya haqiqiy vaziyatni ko‘rsatmoqchi bo‘lsa, BMT va Qizil Xochga kirishga ruxsat berishi mumkin».

Ukraina qurolli kuchlarining Kursk viloyatidagi hujumi avgust oyida boshlangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring