Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tailand sudi bosh vazirni iste’foga chiqardi

Tailand sudi bosh vazirni iste’foga chiqardi

Settha Txavisin.

Foto: Global Look Press

Tailand konstitutsion sudi bosh vazir Settha Txavisinni axloqiy kodeksni qo‘pol buzishda aybdor deb topib, lavozimidan chetlatdi. Bu haqda Bangkok Post xabar berdi.

Hukm chiqarilganidan so‘ng Txavisin sud qarorini hurmat qilishini bildirdi. Parlament yangi hukumat rahbarini saylashiga qadar uning vazifasini o‘rinbosari bajaradi.

Txavisinning aybi — korrupsiyaga aloqador odamni vazirlikka tayinlagani. U bahorda o‘z kotibiyatiga qabul qilgan advokat Pichit Chuenban 2008-yilda korrupsiya ishi bo‘yicha olti oy qamalib chiqqan (ikki hamkasbi bilan 2 mln batga Oliy sud sudyalarini sotib olishga uringani uchun).

Chuenban sobiq bosh vazir Taksin Chinavat va uning xotini bilan ham korrupsion aloqada bo‘lgan. Chinavat o‘z xizmat vazifasidan foydalanib Tailand banki orqali yerni pasaytirilgan narxda sotib olishga uringan. 2008-yilda Taksin Chinavat ikki yilga qamalgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring