Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Si Szinpin Trampning inauguratsiya marosimida qatnashmaydi

Si Szinpin Trampning inauguratsiya marosimida qatnashmaydi

Xitoy raisi Si Szinpin 2025 yil 20 yanvar kuni Trampning inauguratsiya marosimida qatnashmaydi.

CNN ma’lumotlariga ko‘ra, inauguratsiyada Si Szinpin o‘rniga «yuqori martabali delegatsiya» ishtirok etadi. Aniqlik kiritilishicha, Xitoyning AQShdagi elchisi va uning rafiqasi tadbirda qatnashadi.

Avvalroq Tramp Xitoy rahbarini inauguratsiyaga taklif qilgani haqida xabar berilgan edi. CNN manbalarining aniqlik kiritishicha, Tramp taklifni yordamchilari orqali yetkazgan.

Tramp jamoasi marosimga boshqa yuqori martabali mehmonlarni ham taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring