Shimoliy Koreyada 1,4 mln fuqaro armiyaga qabul qilishni so‘rab ariza yozdi
Shimoliy Koreyada shu hafta davomida taxminan 1,4 mln fuqaro armiyaga qabul qilish yoki qaytarishni so‘rab ariza yozdi, deb xabar berdi Reuters. Ular Janubiy Koreyaga qarshi «muqaddas urush»da qatnashmoqchi.
O‘tgan hafta KXDR Seulni Pxenyan osmonida dronlar uchirishda ayblagandi. Keyinroq, seshanba kuni Shimoliy Koreya ikki mamlakatni bog‘lovchi avtomobil yo‘li va temir yo‘lning o‘z hududidagi qismini portlatib yuborib, bu Janubga «qimmatga tushishi»dan ogohlantirdi.
AQSh va Janubiy Koreya o‘tkazayotgan ko‘p sonli harbiy mashg‘ulotlar va yarimorol janubida Amerika strategik vositalari paydo bo‘lgani KXDRni xavotirga solmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter