Rublning qulashiga migrantlar aybdor — rossiyalik deputat
Migrantlar — Rossiya rublining qulashi sababchilari, dedi RF dumasi deputati Mixail Matveyev o‘z telegram-kanalida. Uning vajiga ko‘ra, chet ellik ishchilar ishlab topgan rubllarini vataniga jo‘natish uchun dollarga ayirboshlamoqda, shuning uchun rublning ahvoli chatoq.
Deputat keltirgan ma’lumotga ko‘ra, Rossiyadan jo‘natilgan pullar Tojikiston yalpi ichki mahsulotining yarmini, Qirg‘izistonda uchdan bir qismini, O‘zbekistonda 12-15 foizini tashkil etadi.
«Sinchkov deputat» eng muhim narsani unutibdi, migrantlar azaldan uylariga faqat dollar jo‘natib kelishadi, ammo rublga balo ham urmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter