Rim papasining sog‘lig‘i keskin yomonlashdi

Shifoxonada davolanayotgan Rim papasi Frensisning sog‘lig‘i yomonlashmoqda. Shifokorlar talabiga binoan u chorshanba kuniga rejalashtirilgan auditoriyani bekor qilishga majbur bo‘ldi, deb xabar berdi Vatikan matbuot xizmati.
«Oxirgi testlar natijalari polimikrobli nafas yo‘llarining infeksiyasi mavjudligini ko‘rsatdi, bu esa keyingi davolash usullarini o‘zgartirishni talab qiladi», — deyiladi Vatikan matbuot xizmati xabarida.
Papa yanvar oyida bronxit bilan kasallangan. U 14- fevral kuni Rimdagi Agostino Gemelli klinikasiga yotqizilgan, chunki kasallik surunkali holatga kelgan.
88 yoshli Rim papasi Fransisk 1903-yilda 93 yoshida vafot etgan Rim papasi Leo XIII dan keyin barcha zamonlarning eng uzoq xizmat qilgan ikkinchi pontifikidir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter