Putin Donald Tramp unga tahdid qilgani bo‘yicha gapga javob berdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh sobiq rahbari Donald Trampning Rossiya Ukrainaga hujum qilsa, Moskvaga zarba berish bilan tahdid qilgani bo‘yicha suhbatni eslolmasligini aytdi.
18-oktyabr kuni chop etilgan Wall Street Journal materialida Tramp Putinga Moskvaga zarba berish bilan tahdid qilganini aytilgandi.
Putin BRIKS sammiti yakunlari bo‘yicha matbuot anjumani chog‘ida prezidentlik poygasi chog‘ida aytilgan bunday bayonotlarni jiddiy qabul qilishning hojati yo‘qligini va Rossiyaga tahdid qilishdan ma’no yo‘qligini, chunki «bu faqat uni kuchaytirishini», aytdi.
Shu bilan birga, Putin Trampning Ukrainadagi urushni to‘xtatish istagi haqidagi bayonotlarini samimiy deb bilishini ta’kidladi.
Shu bilan birga Putin matbuot anjumanida qator savollarga javob berdi. Uning aytishicha, Kursk viloyatida Ukrainaning 2 minglik kishilik qo‘shini rus askarlari halqasiga tushib qolgan. Ushbu hududda ukrainlar bir oyda 26 ming askar yo‘qotdi, deya ma’lum qilgan Putin. Lekin u har doimgiday rus qo‘shinlarining yo‘qotishlariga izoh bermadi.
Bundan tashqari, Rossiya prezidenti «reallikdan kelib chiqadigan har qanday tinchlik muzokaralariga tayyor ekanini» ma’lum qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter