Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

NATOning sobiq bosh kotibi Yens Stoltenbergga umrbod qamoq jazosi xavf solyapti

NATOning sobiq bosh kotibi Yens Stoltenbergga umrbod qamoq jazosi xavf solyapti

Bryusselda NATOning sobiq bosh kotibi Yens Stoltenbergga Ukrainadagi mojaroning boshlanishiga aloqadorligi hamda tinchlik va insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblanib sudga shikoyat qilindi. Da’vogar Ukrainadagi mojaro bo‘yicha tadqiqotchi Patrik Pazen bo‘lib, u o‘z veb-saytida da’vo arizasini e’lon qilgan.

«Belgiya qonunchiligiga ko‘ra, Stoltenberg sudda ko‘rsatilgan ayblovlar bo‘yicha aybdor deb topilsa, umrbod qamoq jazosiga mahkum etilishi mumkin», – deydi Pazenning advokati Filip Vanlangendonk matbuot anjumanida.

TASSning da’vo arizasidan iqtibos keltirishicha, «Yens Stoltenberg tinchlikka qarshi jinoyatlarni tashkil etuvchi aniq harakatlarni amalga oshirish uchun uyushgan reja yoki fitnada ishtirok etgan».

Da’vo Bryussel sudiga 27-sentyabr kuni berilgan.

Pazenning qayd etishicha, Stoltenberg, garchi u Moskva bilan munosabatlarni «mukammal» tushungan bo‘lsa-da, Ukrainadagi mojaroning oldini olish uchun hech qanday chora ko‘rmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring