KXDR Janubiy Koreyaga eltuvchi yo‘llarni portlatib yubordi
KXDR Koreya yarimorolining shimoli va janubini bog‘lovchi yo‘llarning ikkita qismini portlatib yubordi. Bu haqda Janubiy Koreya armiyasi shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasiga asoslanib Yonhap agentligi xabar berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, shimoliy koreyalik harbiylar KXDR va Janubiy Koreyani bog‘lovchi Kyonguy va Tonxe yo‘llarini portlatgan. Shu sababli Janubiy Koreya armiyasi kuzatuv va jangovar shaylikni kuchaytirdi.
Seul yo‘llarning portlatilishi KXDR ikki Koreya o‘rasidagi quruqlik aloqasini butunlay uzib, chegarani mustahkamlashga kirishganidan dalolat deb bilmoqda.
9-oktyabr kuni Koreya xalq armiyasi Janubiy Koreya bilan bog‘lovchi avtomobil va temir yo‘llar butunlay yopilib, KXDR chegarasi istehkomga aylantirilishini ma’lum qilgandi. Bu AQSh va Janubiy Koreya ko‘p sonli harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazayotgani va yarimorol janubida Amerika strategik vositalari paydo bo‘lgani bilan izohlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter