Koronavirusdan sog‘aygan Bayden bugun Oq uyga qaytadi
Oq uy xabariga ko‘ra, AQSh prezidenti Jo Bayden koronavirusdan sog‘ayib, ishga qaytmoqda.
Bayden koronavirusga chalinganidan so‘ng Delaverdagi o‘z uyida alohida sharoitda davolandi, seshanba 23-iyul kuni Vashingtonga yetib keladi.
Taqdim etilgan jadvalga muvofiq, Bayden Delaverdagi Rexobot-Bich kurortida joylashgan uyidan seshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:30 da chiqib, oradan ikki soat o‘tgach Oq uydagi ish joyiga yetib keladi va doimiy brifingni o‘tkazadi.
Bayden koronavirusga chalingani haqida rasman xabar berilganiga qaramasdan, uning bir necha kungacha ommaga ko‘rinish bermagani turli gap-so‘zlarni ko‘paytirdi, hatto ijtimoiy tarmoqlarda prezidentning o‘lgani haqida mish-mishlar tarqaldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter