Erondagi prezident saylovida Mas’ud Pezeshkiyon g‘alaba qozondi
Kecha Eronda bo‘lib o‘tgan prezident saylovining ikkinchi turi natijalari e’lon qilindi. Saylov komissiyasi xabar berishicha, 16,4 mln ovoz to‘plagan sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Mas’ud Pezeshkiyon g‘alaba qozondi.
Uning raqibi — Eron yetakchisining Milliy xavfsizlik bo‘yicha oliy kengashdagi vakili, konservator Said Jaliliy 13,5 mln ovoz oldi.
28-iyun kuni o‘tkazilgan saylovning birinchi turida Pezeshkiyon 44 foiz, Jaliliy 40 foiz ovoz to‘plagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter