Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eron shimoli-sharqida yer qimirladi

Eron shimoli-sharqida yer qimirladi

Illyustrativ foto

Eron shimoli-sharqidagi Shimoliy Xuroson viloyatida 5,2 balli zilzila yuz berdi, oqibatda 28 kishi jarohat oldi. Bu haqda IRNA agentligi xabar berdi.

Mamlakat seysmologiya markazi xabariga ko‘ra, 22-sentyabr mahalliy vaqt bilan soat 16:13 da sodir bo‘lgan zilzila o‘chog‘i Bujno‘rd shahrida yaqinida, 8 km chuqurlikda joylashgan.

Shimoliy Xuroson seysmik faol zonada joylashgan, bu yerdagi Eron va Turkmanistonni ajratib turuvchi Kopetdag‘ tog‘ tizmalari ostidagi faol plato yoriqlari ko‘pincha halokatli yer silkinishlariga olib keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring