Buyrak saratoniga qarshi vaksina ilk sinovlarda 100 foiz natija berdi

Buyrak saratoniga qarshi vaksina dastlabki sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Massachusetslik tadqiqotchilar ishlab chiqqan vaksina hatto III va IV bosqichdagi o‘simtani ham yo‘q qila olgan. Sinovlarda qatnashgan bemorlar to‘liq davo topishgan, oradan 34 oy o‘tib kasallikning retsidivlari (qaytalanishi) qayd etilmagan.
Vaksina siri — individual yondashuvda. Dori bemorning saraton o‘simtasi asosida yaratiladi, so‘ngra kuchli immun javob beriladi, natijada T-hujayralar 166 karra ko‘payib, organizmning o‘zi saratonni yengadi.
Hozirda vaksina xalqaro sinovlardan o‘tmoqda. Agar barchasi muvaffaqiyatli tugasa va bu davolash usuli ommalashsa, onkologiya butkul o‘zgarib ketadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter