Yadroviy portlash asteroidning yo‘nalishini o‘zgartira olishi isbotlandi
Yadroviy portlash asteroidning yo‘nalishini o‘zgartira olishi olimlar tomonidan isbotlandi, deyiladi Nature Physics jurnalida e’lon qilingan maqolada.
Amerikalik olimlar yadroviy zaryadni portlatish orqali xavfli asteroid trayektoriyasini o‘zgartirish usulini simulyasiya qilishdi. Ma’lum bo‘lishicha, portlash natijasida yuzaga kelgan rentgen nurlanishi potensial xavfli asteroidlarga ta’sir ko‘rsatadi.
Yadroviy zaryadning rentgen nurlanishi kuchi bir megatonnaga teng bo‘lsa, uning portlashi diametri 4 kilometrgacha kattalikdagi, ya’ni Yer uchun potensial xavf tug‘diruvchi asteroidlarning yo‘nalishini samarali o‘zgartira oladi. Bu olimlar tomonidan hisoblab chiqildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter