Ucell 5G Standalone texnologiyasini joriy etmoqda
2024-yil boshida O‘zbekistondagi eng yirik uyali aloqa operatori — Ucell kompaniyasi Huawei, ZTE, Nokia va Nexign kompaniyalari qo‘llab-quvvatlovi ostida mamlakatimizda birinchilardan bo‘lib beshinchi avlod aloqa standartining eng yangi yadrosiga asoslangan 5G Standalone (5G SA) texnologiyasini o‘rnatib, sinovdan o‘tkazgandi.
Bundan tashqari, 5G SA statsionar simsiz ulanish (FWA) texnologiyasi ham sinovdan o‘tkazilgani kompaniyaning texnologik yetakchilikka yo‘nalishini yana bir bor tasdiqlaydi.
5G SA texnologiyasi — to‘laqonli beshinchi avlod ma’lumotlarni uzatish yechimidir. Bu texnologiya ruxsat etilgan maksimal tezliklarning kafolatlangan qiymatlarini va ma’lumotlarni uzatishda ehtimoliy kechikishlarni minimallashtirish imkonini ta’minlaydi.
Yangi texnologiya yaqin kelajakda kompaniyaga doimiy abonentlar uchun 5G SA FWA asosida ma’lumotlarni uzatish xizmatlarini yo‘lga qo‘yish orqali o‘z abonentlar bazasini kengaytirish, shuningdek, ma’lumotlarni uzatishning eng yaxshi sifat ko‘rsatkichlarini kafolatli ta’minlash imkonini beradi.
Reklama huquqi asosida
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter