Sherzod Shermatov SpaceX vakolatxonasini ochishni taklif qildi
«Fazo texnologiyalari anjumani» (Space Technology Conference) xalqaro anjumani doirasida bugun, 10 may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov SpaceX kompaniyasi vakili Ben Mak Uilyams bilan uchrashgan.
AKT vazirligi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish maqsadida O‘zbekistonda SpaceX vakolatxonasini ochishni taklif qilgan.
Uchrashuvda SpaceX bugungi kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida yirik loyihalarni amalga oshirib kelayotgani, kompaniya vakili O‘zbekistonda ham shunday loyihalarni amalga oshirishga tayyorligi bildirilgan.
Muloqotda tomonlarni qiziqtirgan savollar yuzasidan atroflicha fiklar almashilgan.
Avvalroq Starlink yuqori tezlikdagi sun’iy yo‘ldosh internetini O‘zbekistonga olib kirish masalalari ko‘rib chiqilayotgani haqida xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter