Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hamyonbop Pixel 9a fotokamerasi — qimmat Galaxy S25 Ultranikidan yaxshiroq

Hamyonbop Pixel 9a fotokamerasi — qimmat Galaxy S25 Ultranikidan yaxshiroq

Foto: Gizmodo / Tom’s Guide

DxOMark mutaxassislari Google Pixel 9a smartfoni kamerasini sinovdan o‘tkazib, unga qimmat Samsung Galaxy S25 Ultra flagmaniga qaraganda yuqori baho berishdi.

Yangi chiqqan Google Pixel 9a 143 ball to‘plab, DxOMark reytingida Huawei P50 Pro, iPhone 13 Pro Max, Galaxy S24 Ultra va iPhone 15 kabi flagmanlar qatoriga qo‘shildi. Smartfonning narxi — $500.

Ta’kidlanishicha, Pixel 9a texnik xususiyatlari bo‘yicha o‘zidan avvalgi Pixel 8a (64 Mp, 1/1,73 dyuym) dan zo‘r emas. Pixel 9a kamerasi — 48 Mp (o‘lchami 1/2 dyuym). Shunga qaramasdan, yorug‘lik kuchi f/1.7ga yaxshilanishi fotosuratlar sifatini sezilarli oshirgan.

Test yakunida Pixel 9a foto sifati uchun 150 ballga loyiq topildi — Galaxy S25 Ultra dan yuqori. Biroq boke effekti va yaqinlashtirib olingan suratlar uchun kam ball oldi, bu uchinchi teleob’yektivli kameraning yo‘qligi bilan izohlanadi.

Pixel 9a olgan videotasvirlar uchun 137 ball berildi. Umumiy baho 143 ball, ya’ni DxOMark umumiy reytingida — 33-o‘rin. Reyting yetakchisi — Huawei Pura 70 Ultra (163 ball).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring