Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2021-yilda insoniyat mobil qurilmalarga qariyb 4 trillion soat sarfladi

2021-yilda insoniyat mobil qurilmalarga qariyb 4 trillion soat sarfladi

Foto: «Stockphotos»

Pandemiya shashtidan tushishiga qaramay, 2021-yilda mobil qurilmalarga sarflangan vaqt birligi oshdi. «App Annie» global mobil sanoat haqida 12-yanvar kuni e’lon qilgan hisobotda shunday deyiladi.

Mobil qurilmalardan eng ko‘p foydalanayotgan yetakchi o‘n mamlakatda o‘rtacha bir foydalanuvchi kuniga 4,8 soat vaqtini ekranga tikilib o‘tkazyapti.

Dunyo bo‘yicha esa 2021-yil davomida smartfon va planshetlarga sarflangan jami vaqt 3,8 trillion soatni tashkil etdi. Bunda ikki omil muhim rol o‘ynadi: birinchidan, jon boshiga mobil qurilmalar soni ko‘paydi, ikkinchidan, aksariyat faollikning o‘zi mobil qurilmalarga ko‘chib o‘tdi.

Sezib turganingizdek, hammaning ko‘zini ekranga mixlagan «birinchi raqamli» narsa bu — o‘yin. O‘tgan yil davomida mobil o‘yinlar bozori 15 foizga o‘sdi.

2021-yilda yangi bir tendensiya shakllandi: metakoinotlar uchun xususiy raqamli avatarlarini yaratishga mo‘ljallangan ilovalarga talab 160 foizga o‘sdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring