1 oktyabrdan pedagog xodimlarning maoshi 15 foizga oshiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev pedagog xodimlar bilan o‘tkazilayotgan uchrashuv davomida o‘qituvchilarning maoshi 15 foizga oshirilishini ma’lum qildi.
– Muallimlarni qo‘llab-quvvatlashni, ularning mehnatini munosib rag‘batlantirishni albatta davom ettiramiz. Mana, 1 oktyabrdan pedagog xodimlar ish haqini 15 foizga oshirdik, – dedi davlat rahbari.
Prezident tomonidan ta’kidlanishicha, kelgusi o‘quv yilidan xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini berish yo‘lga qo‘yiladi. Sinovlarda 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglar qo‘shimcha 70 foiz ustama oladi.
– Misol uchun, oliy toifali biologiya o‘qituvchisi o‘z fani bo‘yicha xalqaro sertifikati bo‘lsa – 50 foiz, direktor jamg‘armasidan 40 foizgacha va yangi talabga javob bersa, yana 70 foiz ustama oladi. Shu tariqa uning umumiy oylik maoshi 4 million 500 ming so‘mdan 12 million so‘mga yetadi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter