Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sportni rivojlantirishga 3 oyda qariyb 53 mlrd so‘m ajratilgan

Sportni rivojlantirishga 3 oyda qariyb 53 mlrd so‘m ajratilgan

2024-yilning birinchi choragi uchun davlat budjetidan 52,6 milliard so‘m mablag‘ O‘zbekistonda sportni rivojlantirish va ommalashtirishga yo‘naltirilgan.

Bu haqda Sport vazirligi moliya-iqtisod bo‘limi boshlig‘i Davron Ubaydullayev O‘zAga ma’lum qilgan.

«Vatanimiz sharafini xalqaro sport musobaqalarda munosib himoya qilib kelayotgan sportchilar, jamoalar hamisha davlatimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanib kelinadi. Ushbu natijalarni ta’minlashda so‘zsiz sport tizimidagi tashkilotlar va ularda mehnat qilayotgan insonlarning alohida o‘rni bor.  Birgina 2023-yil holatini oladigan bo‘lsak, o‘tgan yil davomida sport tizimidagi tashkilotlarga jami 192,4 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Shundan, ish xaqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarga 104,1 milliard so‘m, ijtimoiy soliq uchun 21,7 milliard so‘m va boshqa xarajatlarga 66,6 milliard so‘m yo‘naltirilgan», – deydi Ubaydullayev sohaga o‘tgan yili ajratilgan mablag‘lar haqida ma’lumot berib.

U, shuningdek, bu mablag‘lar asosiy faoliyat yo‘nalishlariga, jumladan sportni rivojlantirish maqsadlariga va xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlarga yo‘naltirilganini aytgan.

Ma’lumot uchun, 2024-yilning Budjetnomasida Yoshlar siyosati va sport vazirligi (hozirda Yoshlar agentligi va Sport vazirligi alohida bo‘lgan, -tahr) xarajatlari uchun joriy yilda davlat budjetidan 1 trln 823 mlrd so‘m ajratilishi belgilangan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring