Shomurodovning jamoasi «Yuventus»dan ham ochko tortib oldi
Italiya chempionatining 33-turida «Kalyari» o‘z maydonida «Yuventus»dan ochko tortib oldi.
Raniyeri jamoasi bu bahsni g‘alaba bilan yakunlashi ham mumkin edi, biroq so‘nggi daqiqalarda o‘tkazib yuborilgan gol tufayli durang qayd etildi.
Eldor Shomurodov 79 daqiqa o‘ynadi va jamoasining ikkinchi goliga hissa qo‘shdi.
Kalyari — Yuventus 2:2
Gollar: Gaetano (30, penalti), Mina (36, penalti) — Vlahovich (62), Dossena (87, avtogol).
Eslatib o‘tamiz, «Kalyari» avvalgi turlarda «Atalanta» (2:1) va «Inter» (2:2)dan ham ochko tortib olgandi. O‘sha o‘yinlarda Shomurodov gol kiritgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter