Yettinchi oltin! Navbatdagi chempion – Safiya Burxanova!
Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlaridan kelayotgan xushxabarlar davom etadi. Hozirgina para-yengil atletikaning F12 klassida ayollar o‘rtasida yadro uloqtirish bo‘yicha final bahslari yakunlandi.
Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Safiya Burxanova 14.78 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ta’kidlash kerakki, bu mavsumdagi eng yaxshi natija sifatida ham qayd etildi. Ikkinchi o‘rin italiyalik Assunta Legnatega (14.62) nasib etgan bo‘lsa, meksikalik Rebeka Alvares (13.72) kuchli uchlikka yakun yasab berdi.
Eslatib o‘tamiz, Safiya Burxanova Rio-2016 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida kumush medalini qo‘lga kiritgan edi. Shu tariqa delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni 17 taga yetdi: 7 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter