Bayden Messini mukofotlaydi
AQSh prezidenti Jo Bayden treyder va moliyachi Jorj Soros, futbolchi Lionel Messi, siyosatchi Hillari Klinton va yana 16 kishini Ozodlik medali bilan taqdirlaydi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.
Qolaversa, modeler Ralf Loren, modalar jurnali muharriri Anna Vintur, kinoyulduz Denzel Vashington ushbu ro‘yxatda bor.
AQSh prezidentining Ozodlik medali mamlakatning fuqarolarga topshiriladigan eng oliy mukofoti sanaladi. U Qo‘shma Shtatlar farovonligi, qadriyatlari yoki xavfsizligi, dunyo tinchligi yoki boshqa muhim ijtimoiy, jamoat yoki shaxsiy sa’y-harakatlari bilan namunali hissa qo‘shgan shaxslarga topshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter