Shavkat Mirziyoyev Germaniya prezidentiga hamdardlik bildirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Germaniyaning Magdeburg shahrida yuz bergan fojia oqibatida insonlar halok bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Prezident Frank-Valter Shtaynmayerga ta’ziya yo‘lladi.
Davlatimiz rahbari qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chin dildan hamdardlik bildirib, jarohat olganlar tez orada shifo topishini tiladi.
Germaniyaning Magdeburg shahridagi Rojdestvo yarmarkasida mashinaning olomon ustiga bostirib borishi oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘lgan, 80 ga yaqin kishi jarohatlangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter