Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yanvar oyida O‘zbekiston eng ko‘p oltin sotib olgan

Yanvar oyida O‘zbekiston eng ko‘p oltin sotib olgan

2025-yilning yanvar oyida dunyo davlatlarining Markaziy banklari 18 tonna sof oltin xaridlarini amalga oshirgan.

Jahon oltin kengashi hisobotida qayd etilishicha, bunda rivojlanayotgan bozorlar markaziy banklari sof xaridlar bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallab turishibdi va O‘zbekiston, Xitoy hamda Qozog‘iston xaridorlar ichida birinchi uchlikni band qilgan.

O‘zbekiston Markaziy banki yanvar oyida 8 tonna sof xaridni qayd etgan va o‘z zaxiralarini 391 tonnaga yetkazgan. Yoki qimmatbaho metallning xalqaro zaxiralardagi ulushi 82 foizni tashkil etgan.

Shu tariqa, Xitoy Xalq banki yanvar oyida 5 tonna (umumiy zaxirasi 2 285 tonna) va Qozog‘iston Milliy banki esa 4 tonna (umumiy zaxirasi 288 tonna) oltin sotib olgan.

Shuningdek, hisobot davrida Polsha Milliy banki (3 tonna), Hindiston zaxira banki (3 tonna), Chexiya milliy banki (2 tonna) va Qatar Markaziy banki (1 tonna) ham eng ko‘p oltin xarid qilgan regulyatorlar safida sanab o‘tiladi.

Oyning mashhur sotuvchilari esa Rossiya Markaziy banki (3 tonna), Iordaniya Markaziy banki (3 tonna) va Qirg‘iziston Respublikasi Milliy banki (2 tonna) bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring