Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xusiylar Isroilga yirik hujum haqida e’lon qildi

Xusiylar Isroilga yirik hujum haqida e’lon qildi

Yamanning “Ansor Alloh” harakatining husiy jangarilari Tel-Aviv hududidagi elektr stansiyasiga muvaffaqiyatli zarba berganini e’lon qildi.

Bu haqda husiylar vakili Yahyo Sariya ma’lum qildi, deya xabar beradi Al-Masirah.

"Yaman qurolli kuchlari raketa bilan bog‘liq harbiy operatsiya o‘tkazib, Isroilga tegishli bo‘lgan elektr stansiyasiga "Falastin 2" gipertovushli ballistik raketasi bilan hujum qildi", — deya telekanal rasmiy vakilining so‘zlaridan iqtibos keltirgan.

Sariyaning so‘zlariga ko‘ra, nishon muvaffaqiyatli yo‘q qilingan. Bundan tashqari aniqlik kiritilishicha, Isroil mudofaa kuchlarining harbiy obektlaridan biriga ham uchuvchisiz uchish apparati hujumi amalga oshirilgan.

Isroil tomoni hozircha bu ma’lumotlarni izohlagani yo‘q. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring