Xorazmda yer sotuvchilar katta pul bilan qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Gurlan tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqarolar B.Yu. (muqaddam sudlangan) va D.Yu. fuqaro X.A.ning ishonchiga kirib, Shovot tumani, “Mevazor” MFY hududidagi davlat zaxirasidagi 25 sotix yer maydonini go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 66 000 AQSh dollari evaziga uning nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, shundan 45 000 AQSh dollari va 130 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter