Malayziyaning nufuzli tashkiloti O‘zbekistonning turizm salohiyatini targ‘ib qiladi

Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev Kuala-Lumpur shahrida MATTA (Malayziya turistik kompaniyalari va turoperatorlar assotsiatsiyasi) vitse-prezidenti Shayx Avad va bosh menejeri Maziya Mihat bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonni ziyorat, madaniy, tarixiy va qishki turizm yo‘nalishi sifatida Malayziyada targ‘ib qilish istiqbollari muhokama qilindi.
O‘zbekistonga tashrif buyurishni o‘z ichiga olgan «Umra plyus» dasturiga ixtisoslashgan turoperatorlarni jalb qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekistonni targ‘ib qilish bo‘yicha qo‘shma marketing loyihalarini amalga oshirish, Malayziya vakillari uchun maxsus info va press-turlar tashkil etish, shuningdek, tomonlarning ikki mamlakat xalqaro turizm tadbirlarida o‘zaro ishtirok etishi bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter