Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Trampning farmoni olti milliondan ziyod afg‘onistonlikni ochlikka mahkum qilishi mumkin

Trampning farmoni olti milliondan ziyod afg‘onistonlikni ochlikka mahkum qilishi mumkin

Donald Trampning tashqi yordamni to‘xtatish va insonparvarlik missiyalarini moliyalashtirishni qisqartirish to‘g‘risidagi farmoni Afg‘onistonda yashovchi olti milliondan ortiq insonni oziq-ovqat yetishmovchiligiga ro‘baro‘ qilishi mumkin, deb xabar berdi Reuters.

BMT Jahon oziq-ovqat dasturi ma’lumotiga ko‘ra, Afg‘onistonda taxminan 15 million kishi oziq-ovqat taqchilligidan aziyat chekmoqda.

Ayni vaziyatda yetkazilayotgan oziq-ovqat ularning yarmiga ham yetmasligi xavfi bor. «Bu kuniga bir yoki ikki marta, shunda ham faqat choy va non bilan jon saqlayotgan 6 milliondan ziyod odamlar. Afsuski, yordamdan mahrum qilingan ko‘plab odamlar uchun vaziyat ayni paytda shunday», — dedi BMT Jahon oziq-ovqat dasturining Afg‘onistondagi rahbari Syao-Vey Reuters jurnalistlari bilan suhbatda.

Mamlakat iqtisodiyotidagi muammolar tolibon Afg‘onistonni qo‘lga olganidan so‘ng boshlangan. Shundan so‘ng insonparvarlik ko‘magi ko‘rsatuvchi notijorat tashkilotlar uchun Afg‘onistonga kirish qiyinlashdi.

Ma’lumot uchun: 2024-yilda Afg‘onistonga yo‘naltirilgan insonparvarlik missiyalarining 40 foizidan ziyodrog‘ini AQSh moliyalashtirgan. Trampning farmoni afg‘onistonliklarga ancha mushkulotlar tug‘dirishi tayin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring