Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

To‘yxonada 50dan ortiq odam zaharlandi. Ular orasida bolalar ham bor

To‘yxonada 50dan ortiq odam zaharlandi. Ular orasida bolalar ham bor

Foto: Xabar.uz

Zaharlanganlarning sog‘lig‘i ayni paytda yaxshilangan va 43 nafariga uyiga ketishga ruxsat berilgan. Bu haqda Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2024 yil 12 aprel kuni, kechki soat 22 lar atrofida Buxoro tuman markaziy shifoxonasiga qorinda og‘riq, ko‘ngil aynish, qusish va umumiy holsizlikka shikoyat qilib bemorlar murojaat qila boshlagan. Anamnezda barcha bemorlar Buxoro tumani markazi, Gala Osiyo shahrida joylashgan «Oqshom» to‘yxonasida ovqat iste’mol qilish natijasida ushbu shikoyatlar kelib chiqqanini bildirishgan. Zudlik bilan Buxoro tuman markaziy shifoxonasiga barcha shifokorlar safarbar etilgan.

«Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan ham tegishli mutaxassislar jalb etildi va murojaat qilganlar to‘liq ko‘rikdan o‘tkazildi. Barcha bemorlarga «O‘tkir diareya, Gastritik va gastroenteritik shakli, o‘rta og‘irlikda kechishi. Ovqatdan zaharlanish?» tashxisi qo‘yildi va tegishli infuzion terapiya boshlandi. Buxoro tuman markaziy shifoxonasiga kech soat 03.00 ga qadar jami 16 nafar bemor (4 nafar bolalar, 12 nafar katta yoshdagilar) murojaat qildi.

Bundan tashqari, Vobkent tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli markaziy shifoxonaga ham xuddi yuqoridagi shikoyatlar bilan jami 37 nafar bemorlar (9 nafar bola va 28 nafar kattalar) murojaat qildi. Ularga ham «O‘tkir diareya, Gastritik va gastroenteritik shakli, o‘rta og‘irlikda kechishi. Ovqatdan zaharlanish?» tashxisi qo‘yilib, yuqori malakali mutaxassislar tomonidan konsultatsiya o‘tkazilib, infuzion terapiya boshlandi. Dori-darmon vositalari yetarli miqdorda ta’minlandi.

13 aprel ertalab soat 09.00 holatida Buxoro tumanida davolanayotgan 11 nafar bemor va Vobkent tumanidan davolanayotgan 32 nafar bemorlarning ahvoli yaxshilanib, qoniqarli ahvolda uyiga javob berildi», deyiladi xabarda.

Kun davomida qolgan bemorlar ham ahvoli yaxshilangach uyiga javob beriladi. Tibbiyot brigadalari tomonidan to‘yda qatnashgan mehmonlar ahvoli hududlar kesimida nazoratga olingan.   

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring