Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda hokim yordamchisi katta mablag‘ni o‘zlashtirishda ayblanmoqda

Toshkentda hokim yordamchisi katta mablag‘ni o‘zlashtirishda ayblanmoqda

Foto: Xabar.uz

​​Toshkent shahri Shayxontohur tumanida faoliyat yuritgan hokim yordamchisi kredit pullarini talon-toroj qildi.

Hokim yordamchisi M.F. 20 nafar fuqarolarga elektron tarzda bergan tavsiyanomalariga asosan, qabul qilib olgan elektron kalitlardan foydalangan holda jami  427,7  mln. so‘mlik kredit mablag‘larini qo‘lga kiritib, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, jumladan ehtiyojmand oila a’zolarining hunarmandchilik, kasanachilik, tomorqadan samarali foydalanish, kichik ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqa turdagi faoliyati yo‘lga qo‘yilishini tashkillashtirmasdan, o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Shuningdek, M.F. o‘zining qarindoshlari va boshqa 5 nafar fuqarolarga mahalla hududida yashamagan bo‘lsada, qalbaki tavsiyanomalar orqali jami 207,7 mln. so‘m miqdoridagi kredit mablag‘lari ajratilishiga erishib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi "a" bandi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi Bosh prokuratura xabarida. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring