Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sirdaryo viloyati prokurorining katta yordamchisi dori bilan qo‘lga tushdi

Sirdaryo viloyati prokurorining katta yordamchisi dori bilan qo‘lga tushdi

Sirdaryo viloyati prokurorining katta yordamchisi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi bilan qo‘lga tushdi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Toshkent viloyati Zangiota tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda prokuror katta yordamchisi boshqaruvida bo‘lgan «Spark» rusumli avtomashina to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilgan va avtomashina salonida 50 dona «Zardeks» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, unga mazkur dori vositalarini sotgan Camarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida istiqomat qiluvchi, 1997-yilda tug‘ilgan fuqaro Toshkent shahrida qo‘lga olindi. Undan ham 300 dona «Zardeks» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi.

Qayd etilishicha, ushbu kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari Qirg‘iz Respublikasidan noqonuniy yo‘llar bilan olib kelingan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring