Shavkat Mirziyoyev Tataristonning «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi
Qozon shahriga tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Tatariston Respublikasining davlat mukofoti — «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Yuksak mukofotni davlatimiz rahbariga Tatariston Raisi Rustam Minnixanov tantanali ravishda topshirdi.
Prezidentimiz ushbu orden bilan O‘zbekiston va Tatariston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, xalqlar o‘rtasida do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun mukofotlandi.
Mamlakatimiz yetakchisi Tatariston rahbariga mukofot uchun samimiy minnatdorlik bildirib, so‘nggi yillarda o‘zaro hamkorlikda yuqori natijalarga erishilganini mamnuniyat bilan qayd etdi hamda Tatariston xalqiga ezgu tilaklarini bildirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter