Shahinaxon Yigitaliyeva kumush medalga sazovor bo‘ldi
6-sentyabrda «Stad de Frans» yana bir bor o‘zbek paralimpiyachilarining yorqin ishtirokiga guvoh bo‘ldi.
Kelasi oy 16 yoshni qarshi oladigan hamyurtimiz Shahinaxon Yigitaliyeva para yengil atletikaning F46 klassida nayza uloqtirish bahslarida kumush medal sohibiga aylandi. Yosh para atletimiz murosasiz bahslarda 43,12 metr natijani qayd etdi.
Delegatsiyamiz hisobidagi medallar hozircha 9 ta oltin, 8 ta kumush va 6 ta bronzani tashkil etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter