Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston Navro‘z bayramini birgalikda nishonlaydi

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston Navro‘z bayramini birgalikda nishonlaydi

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston Navro‘z bayramini birgalikda nishonlaydi.

Bu haqda Bishkekda bo‘lib o‘tgan Qirg‘iziston va Tojikiston rahbarlari o‘rtasidagi muzokaralar chog‘ida Sadir Japarov ma’lum qildi.

 Qirg‘iziston prezidenti xalqlar o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash muhimligini, bunda esa qo‘shma madaniy tadbirlar alohida o‘rin tutishini ta’kidladi.

– Shu o‘rinda 31 mart kuni Xo‘jand shahrida nishonlanadigan Navro‘z bayramining ahamiyatini alohida ta’kidlamoqchiman. Men taklif uchun minnatdorchilik bildiraman va ishtirokimni tasdiqlayman. Ishonamanki, Navro‘z bayramini birgalikda nishonlash Markaziy Osiyo xalqlarining tinchligi va birligi ramzi bo‘lgan yaxshi an’anaga aylanadi, – dedi Qirg‘iziston rahbari.

Emomali Rahmon, o‘z navbatida, Sadir Japarovga Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston prezidentlarining Xo‘jandda bo‘lib o‘tgan uch tomonlama uchrashuvida ishtirok etishini tasdiqlagani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Ta’kidlanishicha, tadbirda prezidentlar ishtirok etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring