Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Oltin tinmay qimmatlashmoqda

Oltin tinmay qimmatlashmoqda

Foto: Depositphotos

Oltin qiymati 2 foizdan ortiqroq o‘sib, 1 troya unsiyasi uchun 3 400 dollardan oshib, tarixiy rekord yangilandi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Bugun soat 11:12 da (bizning vaqt) Nyu-Yorkning Comex birjasida oltinning iyun fyuchersi qiymati oldingi yopilishga nisbatan $72,04 ga yoki 2,16 foizga o‘sib, 3 400,44 dollarga yetgan.

Bungacha ham Comex birjasida oltin tarixiy rekord o‘rnatgan — qimmatbaho metall qiymati 2 foiz o‘sib, bir troya unsiyasi 3300 dollarga yetgandi. Iyun fyuchersi bahosiga esa $61,22 qo‘shilib (oldingi yopilishga nisbatan +1,89 foiz o‘sish), bir unsiyasi $3 301,62 gacha ko‘tarilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring