Oliy ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari boshqa lavozimni egalladi
Komiljon Karimov Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti rektori etib tayinlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan, Komiljon Hamidovich Karimov Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetining rektori etib tayinlandi.
Tayinlovga qadar u oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlayotgan edi.
Universitetning avvalgi rektori Bahrom Ravshanovich Mirqosimov lavozimdan ozod qilingan.
Avvalroq oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlangani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter