Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Oliy sud «Allamjonov xodimlari ishi» bo‘yicha qaror qabul qildi

Oliy sud «Allamjonov xodimlari ishi» bo‘yicha qaror qabul qildi

Bugun, 21-fevral kuni Oliy sudda taftish tartibida ko‘rilayotgan MJtKning 183-moddasi va 194-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda ayblangan B. Yoqubov va boshqalar (jami 7 kishi)ga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish bo‘yicha sud jarayoni yakunlanib, sud qarori e’lon qilindi.

Mavzuga doir: Allamjonovga suiqasddan so‘ng uning 7 nafar xodimi qamalgani ochiqlandi

E’lon qilingan sud qaroriga ko‘ra ma’muriy huquqbuzarlik hodisasini tasdiqlovchi dalillar yetarli bo‘lmaganligi sababli, B. Yoqubov, S. Sidikov, A. Qurbonmurodov, A. Tashov, A. Salimov, J. Turg‘unov va X. Zufarovga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari bekor qilinib, ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish MJtKning 271-moddasi 1-bandiga asosan tugatildi.  

Mavzuga doir: «Allamjonov xodimlari ishi» bo‘yicha sud qoldirildi. Advokat «ish» tafsilotlarini ochiqladi

Ish yuzasidan surishtiruv harakatlarini olib borishda huquqbuzarlik hodisasini tasdiqlovchi dalillarni to‘plash choralarini ko‘rmagan IIB xodimiga nisbatan Ichki ishlar vazirligiga, shuningdek ishni sudda ko‘rib chiqishda huquqbuzarlik hodisasini tasdiqlovchi dalillar yetarli emasligiga e’tibor bermagan sudyalarga nisbatan Sudyalar malaka hay’atiga xususiy ajrimlar chiqarish yo‘li bilan munosabat bildirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring