Keyt Uinslet rejissyorlik debyutiga tayyorlanmoqda

Taniqli aktrisa Keyt Uinslet Netflix uchun suratga olinayotgan «Xayr, Jun» filmida rejissyor va prodyuser sifatida debyut qiladi. Bu haqda Variety xabar berdi.
Film aloqalari uzilib ketgan, ammo qiyin bir vaziyatda to‘plangan akalar va singillar haqida. Voqealar zamonaviy Angliyada bo‘lib o‘tadi.
Keyt Uinslet filmda bosh rolni o‘ynaydi. Kastingdan, shuningdek, Toni Kollett, Jonni Flinn, Andrea Rayzboro, Timoti Spoll va Helen Mirren singari aktyorlar o‘tgan.
Film ssenariysini Keyt Uinsletning 21 yoshli o‘g‘li Jo Alfi Uinslet Mendes yozgan. Suratga olish ishlari Buyuk Britaniyada 2025-yil oxiridan boshlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter