Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

iPhone 16e startdayoq qoqildi

iPhone 16e startdayoq qoqildi

Foto: 3DNews

Hamyonbop (narxi — $600) iPhone 16e smartfoni sotuvi yomon boshlandi. Taniqli insayder va Bloomberg jurnalisti Mark Gurman Apple Store vakillaridan olingan ma’lumotlar asosida shunday xabar berdi.


Phone 16e haqida batafsil ma’lumot


Ayrim Apple Store savdo nuqtalarida sotuvning ilk kuni iPhone 16e uchun oldindan buyurtmalar sanoqli bo‘lib, hatto yuztagacha ham bormadi. Solishtirish uchun: iPhone 16 sotuvi boshlangan kuni har bir do‘kon standart modellar uchun bir necha yuzlab va mingtagacha oldindan buyurtma qabul qilgandi. Ya’ni turkumning asosiy qurilmalariga qaraganda, iPhone 16e smartfoniga talab o‘n baravar past.

Gurmanning fikricha, hamyonbop iPhone 16e butunlay boshqa auditoriyaga mo‘ljallangani uchun savdo boshlanishida o‘xshamagan bo‘lishi mumkin va keyinroq talab oshishi ehtimoldan xoli emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring