Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

ФИФА: Ўзбекистон U-17 жамоаси драматик тарзда Осиё чемпионатида иккинчи марта ғолиб чиқди

ФИФА: Ўзбекистон U-17 жамоаси драматик тарзда Осиё чемпионатида иккинчи марта ғолиб чиқди

Foto: FIFA rasmiy sayti

FIFA o‘z rasmiy saytida O‘zbekison U17 terma jamoasining Osiyo chempionligini qo‘lga kiritganligi haqida yozdi.  

«AFK U17 Osiyo Kubogi juda dramatik tarzda yakunlandi. 9 nafar futbolchi bilan qolgan O‘zbekiston Saudiya Arabistonini mag‘lub etib, ikkinchi marta qit’a chempioniga aylandi.

Ajablanarlisi shundaki, «oq bo‘rilar» jamoasi safidan Nurbek Sarsenbayev va himoyachi Miraziz Abdukarimov birinchi bo‘lim oxirida qizil kartochka olib maydondan chetlatildi, ammo bu ularning ruhini sindira olmadi.

Butun turnir davomida ustunlik qilgan Islombek Ismoilov shogirdlari Toif shahridagi «Qirol Fahd» stadionida ham hujumkor o‘yinni davom ettirishdi. Ikkinchi bo‘lim boshida himoyachi Muhammad Haqimov penaltidan hisobni ochdi. Keyin esa 70-daqiqada qanot hujumchisi Sadriddin Xasanovning goli bilan g‘alaba mustahkamlandi.

O‘zbekiston so‘nggi sakkiz qit’a chempionatining yettisida kamida chorak finalga chiqqan va 2023-yilda Indoneziyada o‘tkazilgan U17 Jahon chempionatida ham shunday natija qayd etgan», – deydi FIFA rasmiy sayti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring