Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bolalar va yoshlar o‘rtasidagi semizlik 30 foizgacha qisqartiriladi

Bolalar va yoshlar o‘rtasidagi semizlik 30 foizgacha qisqartiriladi

«Aholi salomatligi – 2030» milliy strategiyasi loyihasi bilan tasdiqlanadigan rejaga muvofiq 2024-2026 yillarda fuqarolarning sog‘lom turmush tarzini, sog‘lom ovqatlanishini va jismoniy faolligini qo‘llab-quvvatlash, ularni aholi orasida har tomonlama targ‘ib qilishga doir amaliy ishlar olib boriladi.

Jumladan, 2024-yilning dekabriga qadar maktabgacha va maktab ta’lim tizimida sog‘lom ovqatlanishni ta’minlash va bolalar va yoshlar o‘rtasida semizlikni 30 foizga qisqartirish rejalashtirilyapti.

Bu tadbirlar doirasida bolalarga mo‘ljallangan nosog‘lom oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar, bolalar oziq-ovqat mahsulotlari hamda energetiklar, dori vositalari, biologik faol moddalar reklamasiga talab va cheklovlar kuchaytiriladi.

Ta’lim muassasalarida bolalar va yoshlar uchun tavsiya etilmaydigan mahsulotlar, shu jumladan tarkibida shakar, tuz, transyog‘lar miqdori yuqori bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, ta’m va rang beruvchi qo‘shimchalar ro‘yxati tasdiqlanib, ularning iste’molini kamaytirish choralari ko‘riladi.

Shuningdek, yoshi, tana tuzilishi, turmush tarzi va kasalliklarga moyilligidan kelib chiqib, bolalar uchun to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy mashqlari va gigiyena qoidalari bo‘yicha tavsiyalar to‘plami yaratiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring