Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Banklar shartsiz 300 million so‘m kredit beradi

Banklar shartsiz 300 million so‘m kredit beradi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugungi yig‘ilishga tayyorgarlik doirasida 2025 yilda 5 milliondan ziyod aholini daromadli qilish, 1,5 million odamni kambag‘allikdan chiqarish mahallabay hisob-kitob qilingan.

Bu maqsadga erishish uchun hududlarning iqtisodiy sektor rahbarlari o‘z ongini o‘zgartirishi, ish tizimi va yondashuvlarini tubdan qayta ko‘rib chiqishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Ular hududlarda tadbirkorlar bilan uchrashib, zamon talablariga mos ishlash tartibiga o‘tishi muhim ekani uqtirildi.

Shu bilan birga, hokim va banklarning ijobiy tajribalarini kengaytirish, muammolarni hal qilish bo‘yicha 40 dan ortiq taklif va tashabbuslar tayyorlangan.

«Umuman, 2025 yil bandlikni ta’minlash va kambag‘allikdan chiqarishda eng muhim va hal qiluvchi yil bo‘ladi», — dedi Prezident.

Prezident yangi imkoniyatlar va rejalarni belgilab berdi.

O‘tgan 6 yilda oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 750 ming aholi kreditini vaqtida qaytarib, daromadli biznesga ega bo‘ldi. Ulardan 58 mingi yangi korxona ham ochdi.

Endi banklar mana shunday sinovdan o‘tgan mijozlarini qo‘llab-quvvatlab, ularni kichik va o‘rta biznes darajasiga olib chiqishi kerakligi ta’kidlandi. Ularga «Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash» dasturi doirasida shartsiz 300 million so‘m kredit beriladi.

Bu orqali kelgusi yillarda 1,5 million aholini ishli qilish mumkinligi ta’kidlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring