Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

9 oyda pensiya to‘lovlari uchun budjetdan 11,6 trln so‘m transfertlar ajratildi

9 oyda pensiya to‘lovlari uchun budjetdan 11,6 trln so‘m transfertlar ajratildi

Pensiya jamg‘armasining 2024-yil yanvar-sentyabr oylarida daromadlari ijrosi 33 trln 756,2 mlrd so‘mni tashkil etdi. Shundan, soliqlardan tashqari tushumlar miqdori 50,8 mlrd so‘mni tashkil etadi. Buning natijasida, 2024-yilning 1-oktyabr holatiga 2 trln 173,1 mlrd so‘m saqlanishiga erishilgan.

To‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida esa mazkur davrda davlat budjetidan 11 trln 565 mlrd so‘m transfertlar ajratilgan.

Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin Jamg‘arma yanvar-sentyabr oylarida fuqarolarga davlat pensiyalarining barcha turlari uchun to‘lovlar 46 trln 183 mlrd so‘mni tashkil etgani haqida ma’lumot berilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring