11 oyda 275 mingdan ortiq fuqaroga yangi pensiyalar tayinlandi
Pensiya jamg‘armasi tomonidan joriy yilning 11 oyi davomida 275 401 nafar fuqarolarga yangi pensiyalar tayinlandi.
- 216 319 nafar fuqarolarga yoshga doir pensiya;
- 41 705 nafar fuqarolarga nogironlik pensiyasi;
- 17 377 ta oilaga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlangan.
Ma’lumot uchun, 2024-yil 1-dekabr holatiga Pensiya jamg‘armasi hisobida turib pensiya oluvchi fuqarolar soni 4 096 500 nafarni tashkil qilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter