Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Olimlar yurak salomatligi uchun kuniga qancha piyoda yurish kerakligini aniqlashdi

Olimlar yurak salomatligi uchun kuniga qancha piyoda yurish kerakligini aniqlashdi

foto: internet, ochiq manba

Buffalo universiteti tadqiqotchilari yurak sog‘lig‘ini saqlashga yordam beradigan optimal qadamlar sonini aniqladilar.

Tadqiqotda 63 yoshdan 99 yoshgacha bo‘lgan 6000 nafar ayol ishtirok etdi. Tajriba shuni ko‘rsatdiki, bu yoshdagi insonlar kuniga taxminan 3600 qadam yurish yurak yetishmovchiligining rivojlanish xavfini 25% ga kamaytirish uchun yetarli.

Olimlar turli kasalliklarning rivojlanishiga turmush tarzining ta’sirini ham o‘rganishdi. Tadqiqotda ishtirokchilarning son qismiga biriktirilgan maxsus qurilmalardan foydalanilgan. Ushbu qurilmalar hafta davomida barcha turdagi faoliyat haqida ma’lumotlarni uzatdi.

Natijalar shuni ko‘rsatdiki, kuniga taxminan 70 daqiqa jismoniy faollik yurak yetishmovchiligi xavfini 12-16% ga kamaytirishi mumkin. Aksincha, harakatsiz turmush tarzi bu xavfni 17 foizga oshiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring