Olimlar kechki soat beshdan keyin ovqatlanish xavfli ekanligini aytishmoqda
Nutrition & Diabetes – Nature jurnalida chop etilgan maqolada ta’kidlanishicha, soat 17:00 dan keyin kunlik kaloriyalarning 45% dan ko‘prog‘ini iste’mol qilish qondagi glyukoza darajasining oshishiga olib keladi va bu sog‘liq uchun jiddiy xavf tug‘diradi.
Tadqiqotda aniqlanishicha, uzoq vaqt davomida yuqori glyukoza miqdorini saqlab qolish salbiy oqibatlarga olib kelishi, jumladan qandli diabet xastaligi darajasi 2-toifaga chiqishi mumkin. Yuqori glyukoza darajasi tufayli qon tomirlari shikastlanadi va natijada yurak-qon tomir kasalliklari xavfi ortadi.
Ilgari mutaxassislar kechki ovqatning salbiy natijasi vazn ortishi deb hisoblashgan. Bu – odamlar kechalari ko‘proq noto‘g‘ri ovatlarni tanlashga moyilligi, masalan, ko‘proq qayta ishlangan ovqatlarni iste’mol qilishlari bilan bog‘liq edi. Biroq, yangi tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, kech ovqatlanish nafaqat vaznga ta’sir qiladi, balki yuqoridagi xastaliklarni ham keltirib chiqaradi.
Tajriba uchun olimlar 50 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan, ortiqcha vaznli, semirib ketgan yoki diabetga chalingan 26 nafar ko‘ngillini jalb qilishdi. Ishtirokchilar ikki guruhga bo‘lingan: kechqurungacha kaloriyalarining asosiy qismini iste’mol qilganlar va 17:00 dan keyin eng ko‘p kaloriyali taom iste’mol qilganlar. Oziq-ovqatning bir xil hajmlari va tarkibiga qaramay, ikkinchi guruhda qondagi glyukoza darajasi sezilarli darajada yomonlashdi.
Olingan natijalarga asoslanib, olimlar kunning birinchi yarmida asosiy ovqatlarni rejalashtirishni, kechqurun yengil ovqatlanishni qat’iy tavsiya qiladilar. Bundan tashqari yotishdan oldin uglevodlar va yog‘li ovqatlarni iste’mol qilishni cheklash kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter