Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryodagi «metan zapravka» 62,5 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘irlagan

Sirdaryodagi «metan zapravka» 62,5 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘irlagan

DXX Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Ichki ishlar vazirligi hamda «O‘zenergoinspeksiya» xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan faol tadbirda, Boyovut tumanidagi avtomobillarga gaz to‘ldirishga ixtisoslashgan MChJ tomonidan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlik holati aniqlandi.

O‘tkazilgan tekshiruv jarayonida mazkur shoxobchada gaz hisoblagich uskunasidan tashqari baypas liniyasi orqali tabiiy gazga ulanib, uni mijozlarga sotib kelinganligi ma’lum bo‘ldi.

«O‘zenergoinspeksiya»ning dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 41 mln 666 ming metr kub gazdan noqonuniy foydalanish natijasida MChJ tomonidan davlat manfaatlariga 62 mlrd 488 mln so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Hozirda holat yuzasidan MChJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring