Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbek-qirg‘iz chegarasida yuk tashishni nazorat qiluvchi pilot loyihasi ishga tushirilyapti

O‘zbek-qirg‘iz chegarasida yuk tashishni nazorat qiluvchi pilot loyihasi ishga tushirilyapti

Qirg‘izistonning O‘zbekiston bilan chegarasida yuk tashishda elektron navbatni boshqarish tizimi pilot loyihasi ishga tushirilmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston Iqtisodiyot va savdo vazirligi ma’lum qildi.

Mazkur tajriba loyihasi «Qizil-Qiya-Avtodorojniy» chegara bojxona postida yo‘lga qo‘yilmoqda. Elektron navbatni joriy etishdan maqsad chegaradan o‘tish jarayonini tezlashtirish, logistika xarajatlarini kamaytirish va tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun sharoitlarni yaxshilashdan iborat. Tizim savdo operatsiyalarini osonlashtirishi va chegara postlari faoliyati samaradorligini oshirishi kutilmoqda.

Loyiha joriy yilning 1-noyabridan 15-dekabriga qadar sinov rejimida ishlaydi.

Loyiha Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan Ready4Trade Central Asia xalqaro savdo markazi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring