Meta, Google, Apple… – xorij kompaniyalari O‘zbekistonda qancha soliq to‘layotgani aytildi
O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 61 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2024-yil yanvar-sentyabr oylarida 101,9 mlrd so‘m soliq to‘langan.
DSQ ma’lumotlariga ko‘ra, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 barobar ko‘p.
Ushbu kompaniyalar ko‘rsatgan xizmat hajmi esa, 9 oylik hisobotlarga ko‘ra, 849,1 mlrd so‘mni tashkil etadi.
To‘langan soliqlarning 99,9 foizi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi.
Ya’ni:
- Meta - 41,1 mlrd so‘m;
- Google - 26,1 mlrd so‘m;
- Apple - 22,6 mlrd so‘m;
- Amazon - 3,7 mlrd so‘m;
- Vooking.som - 2,2 mlrd so‘m;
- Zoom - 1,4 mlrd so‘m;
- Netflix - 1,3 mlrd so‘m;
- Acca - 1,2 mlrd so‘m;
- Yandex Europe - 1,1 mlrd so‘m;
- Xsolla - 900,3 mln so‘m.
Qayd etilishicha, elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslari o‘tgan chorakdan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay soliq hisobotlarini taqdim etadi va soliqlarni to‘laydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter